Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda «Xan» brendi bilan elektromobillar chiqarilishi mumkin (video)

Andijonda «Xan» brendi bilan elektromobillar chiqarilishi mumkin (video)

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Andijon viloyatining Xonobod shahrida 2020-yildan boshlab «Xan» brendi ostida elektromobillarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

«Hanabad QB Coin» MChJ mutaxassislari Andijon viloyatida turli rusumdagi elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan», — deyiladi xabarda. 

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Andijon viloyat boshqarmasida xorijlik sarmoyadorlarni qabul qilgan. Viloyat rahbari xorijlik sarmoyadorlar bilan suhbat davomida ushbu loyihani to‘laligicha qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ularga belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish borasida tushunchalar berdi.

«Xan» brendi ostida ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan elektromobillar turkumi ixcham yengil elektromobil, IIB xizmati uchun maxsus elektromobil hamda kichik avtobus shaklida ishlab chiqarilishi mumkin.

Bir quvvatlanishda elektromobillar 100-150 kilometr masofani bosib o‘tadi. Elektromobilni uy sharoitida 220 voltli rozetkadan ham quvvatlantirish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring