Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arava taksilardan uchuvchilarigacha... (foto)

Arava taksilardan uchuvchilarigacha... (foto)

Sayohatga chiqqaningizda ilk murojaat qiladigan xizmat turi bu — taksi hisoblanadi. Taksi yoningizga to‘xtab sizni aytilgan manzilga yetkazadi, bo‘ldi. Bu juda osondek tuyuladi, lekin turli mamlakatlardagi taksilarning o‘z tamoyillari va qoidalari bor. 

Nyu York. Siz bu yerda taksiga qo‘ng‘iroq qilish xizmatidan foydalana olmaysiz. Boisi u yerda taksilarga faqat sayohat yo‘nalishi bo‘yicha odamlarni yig‘ish orqali ishlashga ruxsat berilgan. Har qadamda sariq taksilarni uchratasiz va qo‘ng‘iroq qilishingizga ham hojat yo‘q. Bu yerda  litsenziya olish uchun juda qattiq qoidalar mavjud: haydovchi maxsus testdan tashqari ingliz tilini mukammal bilishi, alkogol va giyohvandlikni umuman iste’mol qilmasligi haqida hujjat bo‘lishi kerak. Bularning barchasi muntazam tekshiriladi.

Braziliya. Uchuvchi taksilar haqida eshitganmisiz? Bu usul Braziliya poytaxtida juda keng tarqalgan. Ushbu transport vositasining yuqori narxiga qaramay, kichik samolyotlar yoki kichik vertolyotlarning mashhurligi kabi juda yuqori. Bunga butun shahar bo‘ylab tez-tez tirbandlik sabab bo‘ladi.

Yaponiya. Riksha nimaligini bilasizmi? Bu arava ko‘rinishidagi ulov.  Ya’ni uni haydovchining o‘zi sudraydi. Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, avtomobilsozlik yaxshi rivojlandi. Biroq, ba’zi shaharlarda transportning bu turi saqlanib qolgan, davlat qashshoqligining belgisi sifatida qabul qilingan. Bu aravalarni yo‘q qilishga urinildi, ba’zida ataylab yoqib yuborishdi. Lekin tirbandlikda tez yuradigan taksi haydovchilariga ehtiyoj saqlanib qoldi, shuning uchun ularni butunlay yo‘q qilishning iloji bo‘lmadi. Yaponiyada, bugungi kunda bu taksi orqali yaponlarning urf-odatlari bilan tanishish ya’ni, sayyohlarda yorqin taassurot qoldirish uchun ishlatiladi. Rivojlangan Yaponiyada nahotki taksi yo‘q, deyishingiz mumkin. Bor, faqat juda qimmat. Ammo bu ko‘plab omillar bilan oqlanadi. Masalan, yaponiyalik taksi haydovchilari juda   xushmuomala, ular sizga eshiklarni qordek oq qo‘lqop bilan ochadilar. Shuningdek, ranglar bo‘yicha mashinaga buyurtma berish mumkin bo‘lgan maxsus xizmatlar mavjud. Odatda sariq-qizil rangli markirovka chiroqli avtomashinalar, qizil ko‘rsatkich — mashina bepul, sariq — band, yashil — to‘lov ikki barobar stavka bo‘yicha amalga oshiriladi (masalan, tunda yoki bayramlarda). 

Tailand.  Bu mamlakatda taksi «Tuk-Tuk» deb nomlanadi. Ular o‘ziga xos mashinalar turiga kiradi: bu eshiklari, yon devorlari bo‘lmagan mashina. Siz bu ulovda shamol bilan birga harakatlanayotgandek bo‘lasiz.  Mahalliy aholi o‘z transport vositalarini bezatib qo‘yishdan zavq olishadi: ular lampochkalarni osib qo‘yishadi, gulchambarlar va boshqa qiziqarli narsalar bilan bezashadi. Sayohat qiziqarli va unutilmas bo‘ladi.

Fransiya. Taksi haydovchisi bo‘lish bu faxr. Gap shundaki, taksi litsenziyasini olish deyarli mumkin emas. Sababi  mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, Fransiyada aynan 17 200 ta mashina bo‘lishi kerak.  Litsenziya olish juda ko‘p vaqt navbatga turasiz va bu juda qimmat. Odatda bu mashinalar eng ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lib, ularning ustida oq quti bor, agar mashina bo‘sh bo‘lsa, yonib turadi.

Germaniya. Taksilar qaymoq ​​rangda, lekin ularning haydovchilari haqiqiy professorlar. U yerda taksi haydovchisi bo‘lish uchun siz tibbiy ko‘rikdan, psixologik testlardan o‘tishingiz va shahar, uning «viloyatlari» haqidagi bilimlarni topshirishingiz kerak. Germaniyadagi taksi kabinalari har doim mukammal toza, haydovchilar esa viqorli va xotirjam.    

Britaniya. O‘zining aql-zakovati, intellekti yuqoriligi bilan mashhur. Taksi haydovchilari deyarli 2 yil davomida shahar geografiyasini o‘rganishadi. Ular nafaqat ko‘chalarni har bir xonadonni bilishadi.

Taksi haydovchilari uchun barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan etiketlar esa quyidagilardan iborat:

Taksi haydovchisi odobli, madaniyatli va xotirjam bo‘lishi kerak.

Taksi haydovchisi toza va texnik jihatdan soz mashinaga ega bo‘lishi kerak.

Taksi haydovchisi salonda yo‘lovchi bo‘lsa musiqani o‘chirib qo‘yishi shart. Harakat boshlanganidan so‘ng haydovchi yo‘lovchidan musiqa unga xalaqit beradimi, deb so‘rash tavsiya etiladi. Musiqiy janrlardan, baqiroq, chaqiroq musiqalarni, turli xil matnlarni eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday janrlarni faqat yo‘lovchining iltimosiga binoan eshitish mumkin.

Taksi haydovchisi barcha yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi va ruxsat etilgan tezlikda harakat qilishi shart. Ruxsat etilgan tezlikdan oshib ketishga, masalan, samolyotga, poezdga yoki uchrashuvga kech qolgan yo‘lovchining iltimosiga binoan ruxsat etiladi. Ayniqsa, yo‘lovchi sekinroq borishni talab qilsa, tezlik chegarasidan oshib ketish taqiqlanadi...

Yana taksi haydovchilari uchun har bir mamlakatning bir-biriga o‘xshamaydigan qonun-qoidalari borki bu ularning qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari bilan uyg‘unlashib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring