Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Avtomobilsiz kun». Ertaga Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

«Avtomobilsiz kun». Ertaga Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Foto: «Xabar.uz»

Ertaga, 22-sentyabr kuni «Yevropa mobil haftaligi» doirasida «Avtomobilsiz kun» tadbiri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Tadbir doirasida «Biz bilan yur!» shiori ostida piyoda sayr qilishga targ‘ib qiluvchi aksiya, velosayr va ko‘ngilochar tadbir bo‘lib o‘tadi.

«Avtomobilsiz kun» munosabati bilan 22-sentyabr kuni shahrimizning ayrim ko‘chalari soat 9:00dan 23:00gacha yopiladi.

  • Lutfiy va Farhod ko‘chalari kesishmasidan, Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab, Shirin ko‘chasi kesishmasigacha;
  • Lutfiy va Shirin ko‘chalari kesishmasidan, Shirin ko‘chasi bo‘ylab, Shirin va Katta Xirmontepa ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring