Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng qimmat avtoraqam sotilmoqda

Dunyodagi eng qimmat avtoraqam sotilmoqda

Foto: «OpenSea»

«OpenSea» kriptovalyutali onlayn-maydonchasida Kaliforniya shtati (AQSh) avtoraqami sotuvga qo‘yildi. Ushbu lot narxi 24 million 600 ming dollardan oshib ketdi. Avtoraqam bor-yo‘g‘i ikki belgidan iborat: «MM» harflari.

Hozirga kelib Kaliforniyada 35 milliondan ziyod avtoraqam ro‘yxatga olingan. Eng kamyob va qimmatlari — ikkita belgidan iboratlari, ayniqsa, belgilar takrorlansa yanayam qadrli. Agarda yuqoridagi savdo pishsa, «MM» dunyodagi eng qimmat avtoraqamga aylanadi.

Ayni paytda bu raqam «McLaren 765 LT» superkariga yopishtirilgan. Har qancha dong‘i ketgan bo‘lmasin, mashinaning narxi raqamining oldida bir pul — 360 ming dollar. O‘rtadagi farq — 68 baravar!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring