Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ishonchli avtomobillar aniqlandi

Eng ishonchli avtomobillar aniqlandi

Foto: «iStock»

«J.D. Power» kompaniyasi (AQSh) turli rusumli avtomobillarning ishonchliligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

So‘rovda 2018-yilda chiqarilgan 33 251 ta mashina egalari qatnashdi. Oxirgi 12 oyda mashinalarda nima muammo yuz berdi: 8  asosiy toifaga ajratilgan savollar jami 117 ta muayyan nuqsonni aniqlashga qaratildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ishonchli avto brendi sifatida «Lexus» e’tirof etildi.

Ikkinchi o‘rinda «Porsche», uchinchi o‘rinda «Kia» mashinalari. Tadqiqotchilar ommaviy bozorga mo‘ljallangan brendlar orasida eng yuqori o‘rinni koreys kompaniyasi («Kia») egallaganini alohida qayd etishdi.

Yetakchi beshlikka, shuningdek, «Toyota», «Buick» va «Cadillac» kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring