Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Erkatoy monopolimiz yuzi qizarmay avtomobillarini otni kallasidek oshirilgan narxida sotishda davom etyapti» — deputat UZAUTO MOTORSni tanqid qildi

«Erkatoy monopolimiz yuzi qizarmay avtomobillarini otni kallasidek oshirilgan narxida sotishda davom etyapti» — deputat UZAUTO MOTORSni tanqid qildi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev sinovli kunlarda ham «UZAUTO MOTORS» tez yordam uchun ham avtomobillarini oshirilgan narxida sotayotganini tanqid ostiga oldi.

«Aytgancha, shu sinovli kunlarda yurtdoshlarimizga yengil bo‘lishi uchun barcha qo‘lidan kelguncha dori darmon, tibbiy uskunalar olish uchun o‘z yonidan xayriya qilayotgan yoki beminnat xizmat ko‘rsatayotgan bir vaqtda, bizning erkatoy monopolimiz «O‘zavtomotors» yuzi qizarmay, tez yordam uchun ham avtomobillarini otni kallasidek oshirilgan narxida sotishda davom etyapti.

Masalan, Farg‘ona viloyati hokimligi viloyat aholisi uchun 20 ta yangi «Damas»ni 75 mln. so‘m atrofida sotib olib, «tez yordam»ga topshiribdi.

Shu «O‘zavtomotors»ga ham hayronsan. Rossiyaning Ufasida avtomobillari ochiqda qolib, chirib yotsa ham, o‘z xalqi uchun jilla qursa «Damas»laridan bepul yoki imtiyozlar bilan berish qiyinmi?

«24 yil davomida xalqimiz bilan birgamiz», deb ko‘kragini kerayotgan bu monopol hech bo‘lmasa shu og‘ir kunlarda haqiqatan xalqi bilan birga ekanligini isbotlasa bo‘lardi.

Axir shuncha yil shu xalq hisobidan yallo qilib yashadi, ertaga shu xalq bo‘lmasa uning «erka»ligini kim ko‘taradi, defektlar bilan chiqayotgan, otni kallasidek qimmat mashinalarini kim oladi, albatta, shu xalq oladi. Pulini to‘lab oylab kutadigan Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina xalqi emas, shu xalq oladi, shu xalq minadi. Shu kasal bo‘layotgan odamlar bo‘lmasa hech kimsan «monopol do‘stim»!», deydi Rasul Kusherbayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring