Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat, mast haydovchi va boshqalar. Farg‘onada qoidabuzar haydovchilar soni ko‘paydi

Deputat, mast haydovchi va boshqalar. Farg‘onada qoidabuzar haydovchilar soni ko‘paydi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30 mart kuni soat 06:00dan 20 aprel kuni soat 00:01ga qadar transport vositalarida harakatlanish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra maxsus ruxsatnomasiz shaxsiy avtomobillardan foydalanish taqiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, shunga qaramay ba’zi fuqarolar hamon shaxsiy transport vositalaridan foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Bu esa yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan transport vositalarining harakatini nazorat qilish ishlarini kuchaytirishiga sabab bo‘lmoqda. Joriy yilning 2 aprel kuni viloyat miqyosida yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan 552 nafar haydovchilarga yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lsa, shundan tegishli hujjatlarsiz boshqargan 247 nafar haydovchilarning transport vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirildi. Viloyat markazida transport vositalari harakati bo‘yicha cheklov o‘rnatilgan bo‘lsada, Qo‘qon shahrida ham o‘tkazilgan tadbirlar davomida 156 nafar haydovchilar tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqarganligi uchun transport vositalari vaqtincha jarima maydoniga olib kirildi.

Bundan tashqari viloyat miqyosida karantin qoidalarini buzgan 250 nafar fuqarolarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 54-moddasi 1-qismi bilan choralar ko‘rildi. Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida ushbu moddaning 2-qismi ya’ni karantin qoidalarini buzib, avtotransport vositalaridan foydalangan 21 nafar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, transport vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.

Hurmatli fuqarolar! Sizlarga yana bir bor eslatib o‘tamiz. Karantin qoidalarini buzib, shaxsiy avtomobildan foydalangan fuqarolarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Farg‘onada mast haydovchi 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi. Undan avvalroq esa qo‘qonlik deputat «Telegram» ijtimoiy tarmog‘idagi Qo‘qon shahar kengashi deputatlari guruhi orqali Ichki ishlar xodimlari sha’niga qo‘pol va haqoratomuz so‘zlar aytib, ularning o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka da’vat qilgani uchun 15 sutkaga qamalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring