Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada xavfli quvib o‘tgan haydovchi ikki yilga qamaldi (video)

Germaniyada xavfli quvib o‘tgan haydovchi ikki yilga qamaldi (video)

Foto: «Delfi»

Germaniya sudi quvib o‘tishda avtobusga to‘qnashib ketayozgan fura (yuk mashinasi) haydovchisini ikki yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bunchalik og‘ir jazo, sud nazarida, boshqa haydovchilarni ogohlikka chorlashi lozim.

Garchi voqea 2019-yilning 22-yanvarida sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, sud qarori yil oxiriga kelib chiqdi, deyiladi «Delfi Auto» xabarida.

Noma’lum haydovchi videoregistratorga olingan tasvirni internetga joylaganidan keyin surishtiruv boshlangan. Voqea Bavariyada yuz bergan bo‘lib, yuk mashinasi haydovchisi yo‘l yaxshi ko‘rinmaydigan va taqiqlangan hududda xavfli quvib o‘tishni amalga oshirgan. Bu paytda qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘lovchilar to‘la avtobus, uning ortida yengil mashina kelayotgandi. Faqat mo‘’jiza tufayligina halokat yuz bermagandi o‘shanda.

Ekspertlarning aytishlaricha, mashinalarni muqarrar to‘qnashuvdan orada 30-40 santimetr masofa ajratib qolgan, xolos.

Video «Facebook»da chiqqanidan keyin, Germaniya huquqni muhofaza qilish organlari yuk mashinasini qidirishga tushishdi. Qoidabuzar chex bo‘lib chiqdi. U shu zahoti ishdan bo‘shatilib, hibsga olingan.

2019-yil dekabrida sud qarori chiqdi. Ayblov haydovchining harakatlarini o‘limga qasd qilish deya baholab, uch yilgacha ozodlikdan mahrum etishni mo‘ljallagandi. Himoya shartli muddat so‘radi. Yakunda sud qoidabuzarni ikki yil va uch oy muddatga ozodlikdan mahrum etib, to‘rt yil davomida rulga o‘tirishdan mahrum etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring