Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Har kuz-qishida shu bo‘lar takror» – gaz zapravkalarda yana uzun navbatlar yuzaga kelmoqda

«Har kuz-qishida shu bo‘lar takror» – gaz zapravkalarda yana uzun navbatlar yuzaga kelmoqda

Farg‘onada metanga navbat.

Olimjon Haydarov fotosi.

Farg‘ona viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 2020-yil 19-noyabr kuni umuman faoliyat ko‘rsatmagan. Bunga zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar sabab bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda «Daryo».

Qayd etilishicha, Farg‘onadagi 117 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 2020-yil 1-noyabrdan boshlab tong soat 06:00 dan kech soat 18:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkazilgan.

Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini uzluksiz ravishda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga har kuni soat 18:00 dan tonggi soat 6:00 gacha gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.

So‘nggi kunlarda viloyatdagi gaz zapravkalar oldida navbatlar yuzaga kelishni boshlagan. Ayrimlarida esa kunduzi ham gaz yetkazib berishda soatlab uzilishlar kuzatilmoqda.

Haydovchilarning ma’lum qilishicha, turnaqator navbatlar tufayli avtomobilga gaz to‘ldirish uchun ikki-uch soat, ba’zida besh-olti soat vaqt ketmoqda.

Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar boshqa viloyatlarda ham o‘rnatilmoqda. Xususan kuni kecha «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali Sirdaryo viloyatida shu yilning 1 dekabrigacha hududda joylashgan avtomabillarga gaz quyish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)ga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ta’minoti kech soat 19.00 dan ertalab soat 07.00 ga qadar cheklanishini ma’lum qildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring