Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilik guvohnomalarini berishda xususiy sektor ham qatnashishi mumkin bo‘ladi

Haydovchilik guvohnomalarini berishda xususiy sektor ham qatnashishi mumkin bo‘ladi

«Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (272-son, 04.05.2021-y) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-iyundan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlarga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi.

Ilgari bu tartib Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan edi.

Ushbu tartib trolleybus va tramvay transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun tatbiq etilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring