Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati tugashiga sanoqli kunlar qoldi

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati tugashiga sanoqli kunlar qoldi

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirishning muddati 2023 yil 31 dekabrda yakunlanadi.

Yuqoridagi muddatgacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali vaqt oz qolgani uchun tegishli tashkilotlarga yugurib, uzun navbatlarda kuningizni o‘tkazmaslik uchun muqobil variantni taklif etmoqda.

Haydovchilik guvohnosini uydan chiqmagan holda o‘zingiz my.gov.uz portalida ushbu havola orqali oson yangilashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma ham taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring