Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nosoz «Lacetti-Gentra» uchun to‘langan 135 million so‘m fuqaroga qaytarib berildi

Nosoz «Lacetti-Gentra» uchun to‘langan 135 million so‘m fuqaroga qaytarib berildi

Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Nodir Yokubov  27-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining ishonch telefoniga murojaat kilgan.

U o‘z murojaatida Jizzax shahridagi «AS-SERVIS» MChJga qarashli «Lacetti-Gentra» rusumli avtomoshinasini 135000000 (bir yuz o‘ttiz besh million so‘mga) harid kilganligini, ammo oradan bir oy vaqt o‘tib avtomoshinaning lyuk qismida nosozlik sababli salonni ichiga avtomoshinani yuvdirishga borganida suv o‘tib o‘rindiqlarida ko‘lmak bo‘lib qolganligini ko‘rsatgan.

Holatni avtosalon ma’muriyatiga ma’lum qilib, avtomoshnasini tuzatib berishlari uchun kaliti bilan topshirib kelganligini, lekin shuncha vaqt o‘tsa hamki, avtomoshinasini tuzatilgani to‘g‘risida avtosalon xodimlarini tomonidan chakirilmaganligidan e’tiroz bildirgan.

Ushbu murojaat o‘rganish va amaliy yordam kursatilish uchun yuborilgan edi. Nodir Yoqubov «AS-SERVIS» MChJ ga qarashli avtosalon ko‘rsatgan ta’mirlash ishlaridan qoniqmaganligi va avtomoshinadagi nosozlik zavod tomonidagi kamchiligi sababli harid kilgan yangi «Lacetti-Gentra» avtomoshinasiga to‘langan summasini kaytarilishini talab kildi.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan uning e’tirozi asosli deb topilib, Nodir Yokubovga avtosalon tomonidan 135000000 sum puli to‘liq kaytarib olib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring