Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«LAND CRUISER» haydovchisining rulda uxlab qolishi qimmatga tushdi

«LAND CRUISER» haydovchisining rulda uxlab qolishi qimmatga tushdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Kecha, 12-yanvar kuni soat 21.35 larda Bektemir tumanidagi Sharq YPX posti yaqinida 32 yoshli Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Samit A. o‘zining boshqaruvidagi «TOYOTA LAND CRUISER» avtomobili bilan YTHga uchradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, 55 yoshli Beknazarov R. boshqaruvidagi «Lacetti» bilan to‘qnashuv sodir etgan, so‘ng beton to‘siqqa urilgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra YTHning sababi «TOYOTA» haydovchisi rulda uxlab qolgan.

YTH natijasida yo‘lovchi – Samarqand viloyatida tug‘ilgan 25 yoshli Gulsara A. tan jarohati olib, tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring