Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malibu Turbo» va «Tracker» avtomobillariga chegirmalar e’lon qilindi

«Malibu Turbo» va «Tracker» avtomobillariga chegirmalar e’lon qilindi

Foto: «UzAuto Motors»

«UzAuto Motors» kompaniyasi avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizga navbatdagi chegirmalarni taqdim etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Malibu Turbo» hamda «Tracker Premier AT» xarid qilish istagida bo‘lgan xaridorlarda avtomobilni bayramona chegirma asosida xarid qilish imkoniyati berildi. Unga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan tashkil qilingan aksiya doirasida ushbu modeldagi avtomobillar uchun 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan xaridor 20 million so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi.

Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan chegirmali narxlar quyidagicha:

«Malibu Turbo 2,0» — 302 mln. so‘m o‘rnigi 282 mln. so‘m.

«Malibu Turbo 1,5»  —270 mln. so‘m o‘rniga 250 mln. so‘m.

«Tracker Premier AT»  —  215 mln. so‘m o‘rniga 190 mln. so‘m.

Chegirmalar 2019-yilning 21-avgustidan 10-sentyabriga qadar amal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring