Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Malibu» va «Tracker»ga chegirmalar e’lon qilindi

«Malibu» va «Tracker»ga chegirmalar e’lon qilindi

«UzAuto Motors» kompaniyasi Yangi yil aksiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 11-dekabrdan 22-dekabrga qadar respublikamizning barcha avtosalonlarida «Malibu» va «Tracker»ni chegirmalar asosida xarid qilish mumkin.

Mazkur aksiya doirasida mijoz tanlagan modeli uchun 100 foiz to‘lov amalga oshirgan taqdirda «Malibu»ga 5 foiz hamda «Tracker» uchun 10 foiz chegirmaga ega bo‘ladi.

Aksiyada Malibu-2 LT 1,5 Turbo, shuningdek, Tracker LT A/T va M/T opsiyalari ishtirok etadi.

Narxlar quyidagicha:

Malibu-2 LT 1,5 Turbo – 265 000 000 so‘m

Tracker LT A/T – 199 000 000 so‘m

Tracker LT M/T – 170 000 000 so‘m

Qayd etilishicha, aksiyaga qo‘yilgan avtomobillar soni chegaralangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring