Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mersedes-Bens» haydovchisi uxlab qolib, simyog‘ochga urildi. Bir kishi vafot etgan

«Mersedes-Bens» haydovchisi uxlab qolib, simyog‘ochga urildi. Bir kishi vafot etgan

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berishicha, 2020 yil 4 yanvar kuni soat 08:10larda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hududida haydovchi — Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.S. «Mersedes-Bens» rusumli avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi temir simyog‘ochga urilgan. Natijada yo‘lovchilar — Marg‘ilon shahrida yashagan, 1975 yilda tug‘ilgan A.M. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan. Shuningdek Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan T.M. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining transport vositasini boshqarish vaqtida uxlab qolishi, buning natijasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir simyog‘ochga urilishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Hurmatli haydovchilar, transport vositasini kuchli toliqish holatida boshqarish haydovchi va yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli ekanini unutmang. Transport vositasini boshqarish vaqtida toliqishni sezdingizmi, uni tezda to‘xtating, avtomobildan tushib biroz toza havodan nafas oling. Biroz dam olgach, harakatlanishda davom ettiring.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring