Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo‘lga olindi

Navoiyda haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo‘lga olindi

Navoiy viloyati IIB YHXB YPXO 3-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori O. Safarov xizmat taqsimotiga ko‘ra 2020 yilning 24 yanvar kuni soat 11:30 larda, Qiziltepa tumani hududida o‘tkazilayotgan avtoreyd tadbirida xizmat olib borayotgan vaqtda unga pora berishga urinish bo‘lgan.

«Oq oltin» mahallasi hududida joylashgan chorrahada harakatlanib kelayotgan «Damas» rusumli avtomobil haydovchisini hujjat tekshirish maqsadida o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilganda, haydovchi I.J.ning yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari bo‘lmaganligi sababli tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Muloqot jarayonida haydovchi I.J. javobgarlikdan qochish maqsadida YPX katta inspektori O. Safarovga 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kuni soat 19:15 larda fuqaro I.J., YPX katta inspektori O.Safarovga 400 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring