Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oynani qoraytirishga ruxsat oldingizmi? Yana nimalarni unutmaslik kerak?

Oynani qoraytirishga ruxsat oldingizmi? Yana nimalarni unutmaslik kerak?

Foto: IIBB matbuot xizmati

Joriy yilning 5-avgustidan boshlab avtomobil oynalariga rang berish imkoniyati uchun to‘lov stavkalari sezilarli darajada pasaytirilgandan so‘ng, ko‘plab xaydovchilar ruxsat olishga qaror qilishdi. Poytaxt yo‘llarida qoraytirilgan oynalar bilan tobora ko‘proq avtomobillar paydo bo‘lmoqda, ammo shu bilan birga quyidagi muammoga ko‘proq guvoh bo‘lyapmiz: oldi oynada maxsus emblemalar (gologrammalar) yo‘qligi.

Eslatib o‘tamiz, ruxsat va qoraytiradigan plyonka bilan birga, xaydovchi o‘ng tomondagi oldi oynaga yopishtirilishi kerak bo‘lgan maxsus emblemani (gologrammani) oladi. Ushbu emblema «qog‘oz» xujjati bilan birga rang berish uchun ruxsatnomaning mavjudligini ko‘rsatadi, shuningdek qalbaki xujjatlardan himoya qilishning yuqori darajasiga yega. Ushbu gologramma oldi oynaning yuqori o‘ng burchagida yopishtirilgan bo‘lishi kerak.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi uchun oynada emblemaning mavjudligi xaydovchining ruxsati borligini bildiradi, ya’ni tegishli xujjatni tekshirish uchun qoraytirilgan oynali mashinani to‘xtatish holati kamroq bo‘ladi. Va to‘xtatilgan hollarda ham, ruxsatni tekshirish ko‘p vaqtni talab qilmaydigan masala bo‘lib qoladi, chunki emblema ko‘rinib turadi.

Shuning uchun, eslatma bilan ruxsat olgan xaydovchilarga murojaat qilamiz: oldi oynada olgan emblemani (gologramma) yopishtirishni unutmang.

Shuningdek, aholining avtoulov oynasini qoraytirish mavzusiga katta qiziqishi tufayli biz xujjat va emblemalarni soxtalashtirish, soxta xujjatlarni va emblemaralni sotishda ishtirok etish yoki ulardan foydalanish holatlari yuzga kelishini tushunamiz. Eslatib o‘tamiz, har uch holatda ham, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasiga asosan «Hujjatlar, shtamplar, muxrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ulardan foydalanish yoki ularni sotish» uchun javobgarlikka tortish choralari belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring