Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 2019-yilda qancha avtomobil ishlab chiqarildi?

O‘zbekistonda 2019-yilda qancha avtomobil ishlab chiqarildi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda 2019-yilda 271 098 dona avtomobil ishlab chiqarildi, bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ axborot xizmatiga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.

Aksiyadorlik jamiyatining Telegram-kanalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 2018-yilda ushbu raqam 220 667 tani tashkil qilgandi.

Avval «O‘zavtosanoat» «UzAuto Motors» kompaniyasining Xorazm filiali ishlab chiqarish tarmog‘i konveyeridan 200 minginchi avtomobil chiqqani, ushbu avtomobilning «Damas» rusumiga tegishli ekanini xabar qilgan.

25-dekabrda «UzAuto Motors» kompaniyasi Toshkentda «Chevrolet»ning to‘rtta yangi modeli — «Tahoe», «Traverse», «Trailblazer» va «Equinox»ning taqdimotini o‘tkazgan, keyinchalik shu kunning o‘zida ushbu to‘rtta yangi yo‘ltanlamasning taxminiy narxlari, ya’ni «Chevrolet Equinox» avtomobili 32—35 ming dollar, «Chevrolet Traverse» 38—45 ming dollar, «Trailblazer 50—60 ming dollar va «Chevrolet Tahoe» 85—90 ming dollar ekvivalentida ekani aytilgan.

27-dekabrda «Equinox»: boshlang‘ich narxi — 225 652 174 so‘m (23,7 ming dollar)dan, Redline LT komplektatsiyasi — 303 478 261 so‘m (31,9 ming dollar), «Trailblazer»: boshlang‘ich narxi — 264 347 826 so‘m (27,7 ming dollar)dan, LTZ komplektatsiyasi — 346 086 957 so‘m (36,3 ming dollar), «Traverse»: boshlang‘ich narxi — 404 173 913 so‘m (42,4 ming dollar)dan, Premier komplektatsiyasi: 518 260 870 so‘m (54,4 ming dollar), «Tahoe»: boshlang‘ich narxi — 517 391 304 so‘m (54,3 ming dollar)dan, Premier komplektatsiyasi: 691 304 348 so‘m (72,6 ming dollar) ekanligi rasman e’lon qilingandi.

29-dekabrda «UzAuto Motors» savdoning ilk kunida 85 dona «Tahoe», «Traverse», «Trailblazer» va «Equinox» bo‘yicha shartnoma tuzgani, «Trailblazer» va «Equinox» avtomobillari uchun «UzAuto Motors»ning barcha dilerlarida shartnoma imzolash mumkinligi, «Tahoe» hamda «Traverse» avtomobillari uchun shartnomalar esa Toshkent viloyatidagi «Nurafshon Autocentre» avtosalonida mavjudligi xabar qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring