Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning chet elga avtomobil eksporti oshdi

O‘zbekistonning chet elga avtomobil eksporti oshdi

Foto:«Xabar.uz»

Mamlakatimizdan 2020-yilning 10 oyida chet elga 127,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 13 310 dona yengil avtomobil eksport qilingan. Bu haqda Davlat statistikasi qo‘mitasi ma’lumot berdi. 

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln. AQSh dollariga ya’ni 66,8 foizga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (11 048 dona) eksport qilingan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 109,8 mln. AQSh dollari
- Ukraina – 6,4 mln. AQSh dollari
- Ozarbayjon – 6,2 mln. AQSh dollari
- Rossiya – 2,2 mln. AQSh dollari
- Tojikiston – 1,2 mln. AQSh dollari
- Boshqa davlatlar – 1,4 mln. AQSh dollari

Ma’lumot o‘rnida, 2020-yilning 10 oyida mamlakatimizga 392,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi 22 228 dona yengil avtomobil import qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring