Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident O‘zavtosanoat rahbarlariga qat’iy talab qo‘ydi

Prezident O‘zavtosanoat rahbarlariga qat’iy talab qo‘ydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sanoat tarmoqlariga bir yarim yil davomida 50 trillion so‘mdan ziyod bojxona imtiyozlari va tarif preferensiyalari berilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida ta’kidlab o‘tdi.

«Birgina, avtomobil sanoatiga 9,5 trillion so‘mlik, neft-gaz tarmog‘iga 2,8 trillion so‘mlik bojxona imtiyozlari taqdim etilgan», — dedi davlat rahbari.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, O‘zavtosanoat korxonalarida 35 ming dona (24 foiz) yengil avtomobil va 1 ming 286 dona (44 foiz) qishloq xo‘jaligi texnikalari kam ishlab chiqarilgan.

Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlardan ish uslubini o‘zgartirib, 9 oy yakuni bilan barcha ko‘rsatkichlarini joy-joyiga qo‘yishni talab qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring