Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «O‘zavtosanoat»da ishlab chiqarish pasayganini tanqid qildi

Prezident «O‘zavtosanoat»da ishlab chiqarish pasayganini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida bir qator sohalarda ishlab chiqarish pasaygani tanqid qilindi.

Xususan, davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, «O‘zavtosanoat»da ishlab chiqarish hajmi keskin, 40 foizga pasayib ketgan.

— Ayrim tarmoq va hudud rahbarlari yaratib berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayaptilar.

Misol uchun, birinchi chorakda «O‘zavtosanoat»da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, «O‘zbekneftgaz» – 4,7 foizga, charm mahsulotlari  – 10 foizga pasaygan.

So‘nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshgan bir paytda, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22 foizga kamayishini, qanday izohlash mumkin? — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, 74 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,1 trillion so‘mga kamaygan.

Jumladan, Toshkent shahrida – 23 ta (390 milliard so‘m), Farg‘onada – 4 ta (367 milliard so‘m), Qashqadaryoda – 6 ta (143 milliard so‘m), Toshkent viloyatida – 12 ta (87 milliard so‘m), Buxoroda – 5 ta (22 milliard so‘m), Samarqandda – 4 ta (18 milliard so‘m), Surxondaryoda – 9 ta (17 milliard so‘m), Namanganda – 3 ta (13,5 milliard so‘m) korxonada pasayish kuzatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring