Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qidiruvdagi «Malibu» So‘xda ushlandi

Qidiruvdagi «Malibu» So‘xda ushlandi

Foto: MIB

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining da’vogar «Savdogarbank» AT Farg‘ona filiali foydasiga Farg‘ona shahrida yashovchi qarzdor U. S.dan 41 361 300 so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushadi.

MIB matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, mazkur sud hujjati ijrosi bo‘yicha dastlab qarzdor U. S.ga 15 kun ixtiyoriy muddat belgilanadi. Unga kredit qarzini to‘liq to‘lashi, aksincha, majburiy ijro harakatlari o‘tkazishning huquqiy oqibatlari tushuntiriladi. Biroq, qarzdor sud qarori ijrosini bajarishdan bo‘yin tovlashda davom etadi.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 28-may kuni uning yashash manzili ko‘zdan kechiriladi. Bu jarayonda uning nomiga rasmiylashtirilgan «Malibu» rusumli transport vositasi boshqa manzilga berkitib qo‘yilgani ma’lum bo‘ladi.

Qarzdor ogohlantirishlarga qaramasdan, na qarzini to‘laydi, na «Malibu»ni topshiradi.

«Malibu»ga nisbatan e’lon qilingan qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina kutilmaganda 16 iyun kuni Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida harakatlanayotgani aniqlanadi hamda ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqaro N.M.ning yashash xonadonida ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan holda xatlanadi va vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga olib kiriladi.

Qarangki, kredit qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan qarzdor U. S. hech kim uni taklif etmagan bo‘lsa-da, Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limiga «tashrif» buyurib, kredit qarzini to‘liq to‘lab berishini ma’lum qiladi.

Tabiiyki, unga nisbatan sud qarori ijrosini ixtiyoriy bajarishdan bo‘yin tovlaganligi sababli ma’muriy javobgarlik masalasi ham ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring