Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qimmat» deyilayotgan yangi modellarga birinchi kundayoq 85 xaridor topildi

«Qimmat» deyilayotgan yangi modellarga birinchi kundayoq 85 xaridor topildi

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

«UzAuto Motors» kompaniyasi yaqinda keng jamoatchilikka to‘rtta premium sinfga mansub Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etgandi. 

Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, savdoning ilk kunida 85 nafar xaridor yangi modellarni xarid qilish istagini bildirdi hamda shartnoma imzoladi. 

Eslatib o‘tamiz, Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun «UzAuto Motors»ning barcha rasmiy dilerlarida shartnoma imzolash mumkin. Tahoe va Traverse avtomobili uchun shartnomalar Toshkent viloyatidagi Nurafshon Autocentre avtosalonida mavjud.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring