Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda tibbiy niqobsiz yurgan haydovchilar va yo‘lovchilar kameralar yordamida aniqlanmoqda (foto)

Samarqandda tibbiy niqobsiz yurgan haydovchilar va yo‘lovchilar kameralar yordamida aniqlanmoqda (foto)

Samarqandda tibbiy niqobsiz avtomobil boshqarayotgan haydovchilar va piyoda yurgan yo‘lovchilar ko‘chalardagi kameralar yordamida aniqlanmoqda hamda qonuniy chora ko‘rish uchun yuborilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma kuch vositalarni boshqarish Situatsion markazi xodimlari tomonidan ko‘chada piyoda va avtotransportda harakatlanish davomida tibbiy himoya niqobsiz yurgan fuqarolar aniqlanib, tegishliligi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilishlik uchun yuborilmoqda.

Hurmatli fuqarolar o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring