Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergeliga kirish yo‘li vaqtincha yopildi, katta tirbandlik kuzatilmoqda

Sergeliga kirish yo‘li vaqtincha yopildi, katta tirbandlik kuzatilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahri markazidan Sergeli tumaniga kirib boruvchi asosiy yo‘l — Yangi Sergeli ko‘chasi bugun, 27-may kuni tongdan yopib qo‘yildi.

Yo‘l Toshkent halqa avtomobil yo‘li bilan kesishmadagi ko‘prikdan yopilgani uchun O‘zgarish dahasidan Sergeli tomon yo‘nalishida katta tirbandlik yuzaga kelgan.

Yangi Sergeli ko‘chasi ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab yopilgan. Yo‘lning qancha vaqtgacha yopiq turishi haqida rasman xabar berilmagan.

Shu kunga qadar Usmon Nosir ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring