Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherobodda YPX inspektoriga pora taklif qilindi

Sherobodda YPX inspektoriga pora taklif qilindi

Surxondaryoda haydovchi YPX inspektoriga pora taklif qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

2019 yilning 27 noyabr kuni K.T. boshqa shaxsning nomida bo‘lgan UAZ rusumli avtomashinani ishonchnomasiz boshqarib kelganligi uchun YPX inspektori tomonidan avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilib, tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ikki kun o‘tgandan so‘ng, K.Tning ukasi, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro S.K. avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarish va jarima miqdorini kamaytirib berishni so‘rab, Sherobod tumani IIB YHXB mas’ul xodimiga 200.000 so‘m pulni pora tariqasida berayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘z xavfsizligi boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi va Sherobod tumani prokuraturasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida ushlangan.

Holat yuzasidan, 2019 yilning 30 noyabr kuni fuqaro S.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring