Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

So‘kingan YPX inspektori hayfsan oldi

So‘kingan YPX inspektori hayfsan oldi

Ijtimoiy tarmoqda 2021-yilning 5-yanvar kuni «Qashqadaryo GAIlari TikTokda ham birinchilikni da’vo qilishayotganga o‘xshaydi» sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Videolavhadagi holat 2021 yil 5 yanvar kuni soat 09:10 larda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi nizomi hamda IIVning me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani IIB YHXB DYHXX katta inspektori F.Normurodovga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring