Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tog‘ va tog‘ oldi hududlariga dam olishga chiquvchilar diqqatiga

Tog‘ va tog‘ oldi hududlariga dam olishga chiquvchilar diqqatiga

Hozirgi kunda havo haroratining keskin isib borayotgani aksariyat odamlarni tog‘li hududlarga, soya-salqin joylarga chorlaydi. Demak, bu vaziyatda tog‘ va tog‘ oldi hududlarda transportlar oqimi sezilarli darajada ko‘payadi.

Shuni inobatga olgan holda, Toshkent viloyati IIBB YHXB dam olish uchun otlangan hamyurtlarimizga murojaat qildi.

Hurmatli haydovchilar!

yo‘lga chiqishdan oldin transport vositangizning texnik holatini bir karra ko‘zdan kechirib olishni unutmang;

transport boshqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni mavjudligiga ishonch hosil qiling;

eng muhimi viloyat hududidagi avtomobil yo‘llari zamonaviy tezlik o‘lchash moslamalari bilan nazorat qilinishini yodda tuting va belgilangan tezlik talablariga qat’iy amal qiling;

Bu o‘zingiz va o‘zgalar hayotini asrashda juda ham muhimdir.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining kuni kecha e’lon qilingan axborotida ta’kidlanishicha 2020 yil 5 iyundan boshlab «sariq» va «yashil» hududlarda quyidagilarga ruxsat berilgan:

mehmonxonalar, sanatoriylar, pancionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);

uy mehmonxonalari va soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish uchun);

mehmonxonalar, sanatoriylar, pancionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga;

Bu, albatta yaxshi. Ammo, nima bo‘lganida ham ehtiyotkorlikni unutmasdan, karantin qoidalariga qat’iy amal qiling. Bu siz va yaqinlaringiz, qolaversa har bir fuqaro salomatligi garovidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring