Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qurilishi yakunlangan beshta chorrahada to‘g‘ri harakatlanish tartibi tushuntirildi

Toshkentda qurilishi yakunlangan beshta chorrahada to‘g‘ri harakatlanish tartibi tushuntirildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan beshta chorrahaning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida, qurilish ishlari olib borildi. Ushbu qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng ko‘pchilikda mazkur ko‘chalardan noto‘g‘ri foydalanish holatlari, buning natijasida yo‘l transport hodisalari ham uchrab turibdi.

Quyida mazkur chorrahalarda transport vositalarining to‘g‘ri harakatlanish tartibi bilan tanishishingiz mumkin:

  1. Yangi Qo‘yliq – Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasi

  • Yo‘nalish 1 bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalarining oqimlari asosiy oqimlar hisoblanadi.
  • YO‘nalish 1 bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari yo‘nalish 3 bo‘ylab harakat qilish uchun, o‘ng chiziqni mahalliy yo‘li (karmashka)ga qayrilishlari kerak, shunda ular yo‘nalish 5 bo‘ylab harakatlanadigan transport vositalarining asosiy oqimiga to‘sqinlik qilmaydi.
  • Yo‘nalish 2 bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari yo‘nalish 3 ga o‘tishlari yo‘ki yo‘nalish 2 bo‘ylab qayrilishni amalga oshirishlari uchun ajratilgan 4-yo‘ldan foydalanishlari kerak. Shunda ular yo‘nalish 1 va 2 da harakatlanayotgan transport vositalarining asosiy oqimiga to‘sqinlik qilmaydi.
  1. A.Fitrat – Farg‘ona yo‘li – M.Ashrafiy ko‘chalari kesishmasi

  • Yo‘nalish 1 va 3 - bu harakatdagi murakkablik va tartibsizlikni oldini olish uchun mahalliy yo‘l (karmashka)lar orqali ochilgan asosiy ko‘chalardir.
  • Yo‘nalish 3 bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari yo‘nalish 2, 3, 4 bo‘ylab harakatni davom ettirish uchun mahalliy yo‘l 5 (karmashka) dan foydalanishlari kerak. Avtomobilni alohida svetofor bilan ajratilgan mahalliy yo‘l (karmashka)da kutish orqali asosiy ko‘chadagi chalkashliklar oldi olinadi.
  • Asosiy oqimga qo‘shilishni istagan, yo‘nalish 6 bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari oldindan qayrilishni amalga oshirishlari va chorrahaga yetib boradigan transport vositalari faqat yo‘nalish 4 bo‘ylab harakatni tashkil etishlari mumkin bo‘ladi.
  • Yo‘nalish 2 bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari asosiy yo‘lga kirish imkoniga ega emas, ular mahalliy yo‘l (karmashka)larga qayta kirishlari kerak va nazorat qilinadigan keyingi kesishmalarda asosiy yo‘lga qo‘shilishlari lozim.
  1. Ohangrabo – Farg‘ona yo‘li– Munis ko‘chalari kesichmasi

  • Yo‘nalish 1 va 2 asosiy ko‘cha bo‘lib, ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oraliq yo‘llardan (ko‘chalar va yo‘llar) qo‘shilishlari mumkin emas, bu mahalliy yo‘l(karmashka)lar orqali ta’minlanadi. Mahalliy yo‘l(karmashka)lardan asosiy ko‘chaga qo‘shilishni istagan transport vositalari mahalliy yo‘l (qarmashka)da joylashgan 5-yo‘l chetiga borib, yo‘l chiroqlari (svetofor)ning yashil chirog‘i yonishini kutib, so‘ngra asosiy yo‘lga qo‘shilishlari kerak bo‘ladi. 5-yo‘l cheti borligi sabab, mahalliy yo‘l(karmashka)ning ikkita chizig‘ida xech qanday to‘siq bo‘lmaydi.
  • Yo‘nalish 2, 3 yoki 4 ga qaytish uchun asosiy ko‘cha bo‘ylab, yo‘nalish 2 orqali harakatlanib kelayotgan transport vositalari asosiy ko‘chadan alohida tartibga solinadigan mahalliy yo‘l(karmashka)ga kirishlari kerak, shundan so‘ng, ular kerakli yo‘nalish bo‘ylab harakat qilishlari mumkin.
  • Yo‘nalish 4 bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy yo‘lga qo‘shila olmaydilar, shuning uchun ular mahalliy yo‘l(karmashka)ga erkin aylanishlari kerak bo‘ladi. Mahalliy yo‘l(karmashka)ga borganingizda, transport vositalari asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan oqim bilan kesishmaydi.
  1. Farg‘ona yo‘li – Jarqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasi

  • Ushbu kesishmada asosiy ko‘cha bo‘ylab yo‘nalish 1 dan harakatlanayotgan transport oqimi to‘xtamaydi va harakatning uzluksizligini saqlaydi. Kesishma mahalliy yo‘l(karmashka)da svetofor bilan tartibga solinadi. Asosiy ko‘cha bo‘ylab yo‘nalish 1 dan harakatlanayotgan transport vositalari harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirishi uchun mahalliy yo‘l 5 ga o‘tishlari, yo‘l chirog‘i (svetofor)ning yashil signalini kutishlari va undan so‘ng, yon yo‘l bo‘ylab kerakli yo‘nalishda harakat qilishlari kerak bo‘ladi.
  • Asosiy yo‘lni kesib o‘tishni istagan transport vositalari yo‘nalish 6 bo‘ylab asosiy oqimga erkin qo‘shilishlari mumkin. Ushbu qo‘shilishni osonroq bajarish uchun mazkur qismdagi yo‘l kengaytirildi va oqimga nazorat ostida qo‘shilishi mumkin bo‘lgan mahalliy yo‘l ochildi.
  • Yo‘nalish 3 bo‘ylab asosiy oqimdan chiqib ketish yoki yo‘nalish 4 bo‘ylab asosiy oqimga qo‘shilishni istagan haydovchilar asosiy yo‘lni kesib o‘tmaydigan, kengaytirilgan mahalliy yo‘l(karmashka)lar bilan yo‘lga qo‘shilishlari lozim.
  1. Tolimarjon – Farg‘ona yo‘li – Sayhun ko‘chalari kesishmasi

  • Ushbu kesishma uch tomonlama hisoblanadi.
  • Transport vositalari ushbu ko‘cha bo‘ylab qayrilish yoki harakatni davom ettirishi uchun alohida mahalliy yo‘l(karmashka)lardan foydalanadi, bu esa chorrahada paydo bo‘ladigan tirbandliklarni bartaraf etadi.
  • Yo‘nalish 1 bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari chorrahaga kirmasdan qayrilishni amalga oshirishlari mumkin, buning uchun asosiy yo‘l bilan to‘qnashuvlarning oldini olish uchun yonma-yon mahalliy yo‘l(karmashka)lar ochilgan.
  • 1-ko‘cha bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari o‘ngga qayrilishlari uchun yo‘nalish 4 yoki 5 ga qo‘shilishlari kerak bo‘ladi va ular bir-biriga halaqit bermagan holda kerakli yo‘nalishda harakat qilishlari mumkin.
  • 3-ko‘cha bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari yo‘nalish 6 va 8 ga o‘tishlari uchun mahalliy yo‘l 2 (karmashka) ga o‘tishi va svetofor yashil chirog‘ini kutishlari, shundan so‘ng harakatni davom ettirishlari kerak bo‘ladi.
  • Yo‘nalish 7 bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositalari, yo‘nalish 6 bo‘ylab erkin ravishda qayrilishi imkoniyati yaratilganligi sababli, chorrahada hech qanday tirbandliklar bo‘lmaydi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring