Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UzAuto Motors qo‘shimcha haq evaziga avtomobilni jilosiz qora rangda bo‘yab berishni boshladi

UzAuto Motors qo‘shimcha haq evaziga avtomobilni jilosiz qora rangda bo‘yab berishni boshladi

Foto: «Uzavtosanoat»

Avtomobil dunyosi juda o‘zgaruvchan, ayniqsa, dizaynni takomillashtirish borasida. Qachonlardir avtomobilni jiloli qilish urf bo‘lgan bo‘lsa, bugun buning aksi bo‘lmoqda. Bugun avtomobil ishqibozlari o‘rtasida avtomobilni jilosiz qora ranggi bo‘yashni afzal ko‘rmoqda, deyiladi UzAuto Motors xabarida.

Avtomobil modasiga ergashishlik esa aksariyat hollarda u qadar arzon bo‘lmagan mashg‘ulotdir. Moda tendensiyasini inobatga olgan holda, UzAuto Motors avtomobilni urfga kirgan jilosiz qora rangga bo‘yashni boshladi. Bu avtomobil ixlosmandlari uchun o‘ziga xos yangilik bo‘ladi.

«Qayd etish lozimki, avtomobilni jilosiz rangga bo‘yash maxsus bo‘yoq va metodologiya yordamida amalga oshiriladi. Jarayon murakkab bo‘lib, qo‘shimcha ishlovni talab qiladi. Endilikda eksklyuziv rangdagi avtomobil sohibi bo‘lishni istagan xaridor atigi 5 million so‘m evaziga ishlab chiqaruvchidan urfdagi rangli avtomobil egasi bo‘lishi mumkin. Tyuning ixlosmandlari UzAuto Motors tomonidan taklif etilayotgan narx va sifat qiymatini darhol anglab, baho berishadi albatta», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring