Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors yangi avtomobillar berishni vaqtincha to‘xtatdi

UzAuto Motors yangi avtomobillar berishni vaqtincha to‘xtatdi

UzAuto Motors AJ tomonidan xaridorlarga yangi avtomobil yetkazib berish ikki kunga to‘xtatiladi. Ammo dilerlar tomonidan avtomobil xarid qilish uchun yangi shartnomalarni tuzish davom etadi. Bu haqda matbuot xizmati tomonidan xabar berildi.

«Hurmatli xaridorlar!

UzAuto Motors AJ tomonidan avtomobillar qoldiqlarini inventarizatsiya qilinishi munosabati bilan 2019 yilning 23 dan 25 dekabrigacha yangi avtomobillarni xaridorlarga berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shu bilan birga inventarizatsiya kunlari davomida dilerlar tomonidan avtomobil xarid qilish uchun yangi shartnomalarni tuzish davom etadi.

Kompaniya dilerlik markazlarida inventarizatsiya tugagani haqida onlayn tartibda xabardor qilib boradi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va sizning tushunishingizdan umidvormiz!» — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring