Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAutomotors» xodimlarining noroziligiga rasmiy munosabat bildirildi

«UzAutomotors» xodimlarining noroziligiga rasmiy munosabat bildirildi

Foto: «UzAutomotors»

«UzAutomotors» kompaniyasining transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari oyliklari bir necha baravar qisqartirilib yuborilgani, murojaatlari esa bir necha oydan buyon inobatga olinmayotgani sabab norozilik sifatida ish tashlash uyushtirmoqchi bo‘lishayotgani haqida xabar tarqalgandi.

«Joriy yilning 6 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda «UzAutomotors» AJ transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari D.Rahmonov, J.Sultonov va boshqalarning oylik ish haqi to‘lanishi hamda ushlanmalardan norozi bo‘lib qilgan videomurojaati o‘rganildi», deyiladi rasmiy munosabatda. 

Aniqlanishicha, «UzAutomotors» AJ kompaniyasida ayni vaqtda ish haqidan qarzdorlik mavjud emas. Joriy yilning fevral oyi uchun ish haqi o‘tgan oyning 20 sanasida avans tariqasida, mart oyining 5 sanasida to‘liq to‘lab berilgan. Xodimning ish haqidan uning yozma arizasiga asosan kredit to‘lovlari hamda sud qaroriga asosan majburiy undiruv amalga oshirilgan. 

«Ushbu murojaat yuzasidan shu kunning o‘zida kompaniya mas’ul vakillari hamda Andijon viloyati hokimligi, viloyat bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi xodimlari ishtirokida haydovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, unda «UzAutomotors» AJ tomonidan ish haqini to‘liq hisoblab to‘lab berilganligi, kompaniya tomonidan biror-bir asossiz ushlanmalar amalga oshirilmaganligi, shuningdek ishchi-xodimlarga yaratilgan ijtimoiy himoya paketi ya’ni, transportda ishga kelib-ketishi, maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanishi, ovqatlanishi, tibbiy ko‘riklari uchun to‘lovlar kompaniya hisobidan amalga oshirilayotganligi tushuntirib berildi» deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring