Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UzAutoMotors»ga qarshi sudda qo‘mita iltimosnomasi rad etildi

«UzAutoMotors»ga qarshi sudda qo‘mita iltimosnomasi rad etildi

2020-yil 11-dekabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudining apellyasiya instansiyasida arizachi – «UzAutoMotors» aksiyadorlik jamiyatining javobgar – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi ma’muriy ish yuzasidan sudning 2020-yil 30-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan javobgar tomonidan keltirilgan apellyasiya shikoyatini mazmunan ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Oliy sud matbuot  xizmati xabar berishicha, bugungi sud majlisida ishtirok etayotgan taraflarning shaxsi aniqlanib, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

«UzAutoMotors» aksiyadorlik jamiyati vakili sudlov hay’atiga murojaat qilib, ishni ko‘rish jarayonida davlat siri va tijorat siri bilan bog‘liq masala muhokama qilinganida sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazishni so‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakilining keltirilgan apellyasiya shikoyati yuzasidan fikri tinglanib, shikoyatda keltirilgan vajlar yuzasidan berilgan savollarga javoblari tinglandi.

Qo‘mita vakili tomonidan sudlov hay’atiga iltimosnoma kiritilib, unda ishni ko‘rishda taraf sifatida «Azimavtomotive» MChJni jalb etish hamda «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati tomonidan kiritilgan shikoyat arizadagi imzoni haqiqiyligini tekshirish maqsadida sudga oid xatshunoslik ekspertizasi tayinlash so‘raldi.

Sudlov hay’ati o‘z o‘rnida ajrim qilib, sudga oid xatshunoslik ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishdan rad etdi hamda ishni ko‘rishda taraf sifatida «Azimavtomotive» MChJni jalb etish to‘g‘risidagi iltimosnoma muhokamasi «UzAuto Motors» AJ vakillari fikri tinglanganidan so‘ng keyinga qoldirildi.

Keyingi sud muhokamasi 2020 yil 18 dekabr kuni soat 10.30 ga qoldirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring