Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy mudofaa budjetini 209 milliard dollarga oshirаdi

Xitoy mudofaa budjetini 209 milliard dollarga oshirаdi

Foto: «Reuters»

Xitoy hukumati bu yil milliy mudofaaga sarflanadigan xarajatlarni 6,8 foizga, 1,356 trillion yuanga (taxminan 209 milliard dollar) oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda XXR hukumati faoliyati to‘g‘risidagi hisobotga tayanib «TASS» xabar bermoqda.

Hujjatda, shuningdek, jamoat xavfsizligi uchun sarf-xarajatlar 0,7 foizga o‘sib, 185,01 milliard yuanni (taxminan 28,5 milliard dollar) tashkil qilishi aytilgan.

Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakat armiyasini urushga tayyorlanishga chaqirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring