Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 yoshli bola boshqaruvidagi «Cobalt» YTHdan so‘ng yonib ketdi (foto)

15 yoshli bola boshqaruvidagi «Cobalt» YTHdan so‘ng yonib ketdi (foto)

Foto: IIBB axborot xizmati

Kuni kecha, 8-dekabr kuni taxminan soat 22:00 da Shifo-nur va Talabalar ko‘chalari kesishmasida «Cobalt» avtomobilini tegishli huquqsiz boshqargan 15 yoshli A.M. qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib, 33 yoshli R.I. boshqaruvidagi «Matiz» avtomobiliga to‘qnashgan.

To‘qnashuvdan so‘ng «Cobalt» boshqaruvsiz harakatda davom etib, daraxtga urilgan va yonishni boshlagan. Voqea joyiga yetib kelgan yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in o‘chirilgan.

To‘qnashuv oqibatida ikkala haydovchi ham badan shikastlari bilan tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. Ularning holati qoniqarli.

Ushbu fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring