Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

21 yoshli yigit qarz sabab qarindoshini o‘ldirdi

21 yoshli yigit qarz sabab qarindoshini o‘ldirdi

Foto: Tergov departamenti

2020-yilning 27-oktyabr kuni soat 22:00 da fuqaro 21 yoshli Z.I. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani «O‘rtaqo‘rg‘on» qishlog‘ida yashovchi qarindoshi 24 yoshli J.E.ning yashash uyiga borib, 170 000 so‘m qarzini so‘rab, u bilan o‘zaro janjallashib qoladi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, yigit janjal davomida J.E.ga oshxona pichog‘i bilan turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari yetkazgan.

Fuqaro J.E. tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ota-onasi tomonidan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo u olgan tan jarohatlari oqibatida tashqi qon ketishi, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligidan shifoxonada vafot etgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida bir dona, yog‘och dastasi uzunligi 11 sm., tig‘ining uzunligi 14 sm. bo‘lgan oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring