Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda soxta IIB tergovchisi qo‘lga olindi

Andijonda soxta IIB tergovchisi qo‘lga olindi

Fuqaro E.G‘ Andijon viloyati IIBga murojaat bilan chiqdi. Unga ko‘ra, joriy yilning 25-iyun-16-avgust kunlari  oralig‘ida o‘zini Sardor deb tanishtirgan fuqaro o‘zganing mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida o‘zini viloyat IIBda tergovchi lavozimda ishlashini aytgan, fuqaro E.G‘ning shaxsiy hayotiga oid sir saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish hamda bu uchun jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortishi bilan qo‘rqitgan. So‘ng undan 300 AQSh dollari talab qilgan.

Soxta IIB xodimi E.G‘ning qo‘rqib ketgani va yordam berishni iltimos qilganidan foydalanib, undan 200 AQSh dollari, 225 ming so‘m puli bo‘lgan plastik kartasini va narxi 950 ming so‘mga teng bo‘lgan «RedMI A5» rusumli mobil telefon vositasini olib, tovlamachilik jinoyatini sodir etgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring