Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi yirik korxonada kuchli yong‘in ro‘y berdi (video)

Andijondagi yirik korxonada kuchli yong‘in ro‘y berdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Andijon shahar Soy ko‘chasi 5-uyda joylashgan «DINAR TEXTILE» MChJda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

2019-yil 25-oktyabr kuni soat 23:36 da Andijon shahar Soy ko‘chasi 5-uyda joylashgan «Kichik sanoat zonasi» hududidagi «DINAR TEXTILE» MChJda (rahbari Kirgizov Sherzodbek Abdugaffor o‘g‘li) yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat YoXB MDXga xabar bergan.

Olingan xabarga asosan yong‘in sodir bo‘lgan manzilga birinchi bo‘lib soat 23:40da Andijon shahar YoXB 1-sonli yong‘in qutqaruv qismi boshlig‘i bilan 2 ta bo‘linmalar yetib borgan, yong‘in 2019-yil 26-oktyabr kuni soat 00:30da o‘rab olinib, soat 02:45 da o‘chirilgan.

Dastlabki o‘rganishlar natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi, yong‘inga birinchi yong‘in o‘chirish ekipajlari yetib borgan vaqtda «DINAR TEXTILE» MChJning (taxminan) «quritish» sexidagi Turkiyada ishlab chiqarilgan, 1900 S haroratda matolarni qurituvchi «RAM» quritish uskunasi yuqori qismida boshlangan yong‘in natijasida ushbu sexning tom qismi qulab tushib, yong‘in tomning ochiq joyidan «ma’muriy bino», «matoga ishlov berish», «mahsulotlar saqlash ombori» va «bo‘yoqlash» sexlarining tom va ichki qismlariga tarqayotgan bo‘lgan.

«DINAR TEXTILE» MChJning barcha sexlarining tom qismlari umumiy bo‘lganligi uchun yong‘in qisqa muddatda butun tom bo‘ylab va «mahsulotlar saqlash ombori»dagi ayrim mahsulotlarga tarqalgan.

Yong‘inning taxminiy maydoni 1500 kv.metr.

«DINAR TEXTILE» MChJ 2018-yilda Andijon shahridagi eski mashinasozlik zavodi o‘rnida qurilgan. Korxona kalavadan matolarni to‘qish, bo‘yash, matoga ishlov berish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullangan. «DINAR TEXTILE» MChJ 4 qavatli «ma’muriy bino»sini 3 va 4-qavatlari foydalanilmasdan ta’mirlash uchun tayyorlanayotgan bo‘lgan.

Yong‘indan «DINAR TEXTILE» MChJning 4 qavatli «ma’muriy bino»si ichki qismi, «matoga ishlov berish» hamda «bo‘yoqlash» sexlaridagi chet davlatlardan keltirilgan turli xil uskuna va dastgohlar, «mahsulotlar saqlash ombori»dagi tayyor matolarning asosiy qismi, bino tom qismining ma’lum bir qismi saqlanib qolingan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Yong‘indan korxona ishchi xizmatchilari tan jarohati olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring