Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angren IESdagi portlash qurbonlari oilasiga 105 milliondan berildi — Energetika vazirligi

Angren IESdagi portlash qurbonlari oilasiga 105 milliondan berildi — Energetika vazirligi

Foto: «Xabar.uz»

20-yanvar kuni Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida rasmiy xabar berilgandi.

Buning oqibatida «Vostokenergoteploizolyasiya» AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etgan.

«Ularning oila a’zolariga dafn marosimini o‘tkazish uchun 20-21-yanvar kunlari 4 million 866 ming so‘mdan birinchi moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, bugun, 22-yanvar kuni Yangi-Angren IES tomonidan vafot etganlarning oila a’zolariga qo‘shimcha ravishda 105 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi», deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring