Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemirda taqiqlangan hind konoplyasini yetishtirayotgan fuqaro ushlandi

Bektemirda taqiqlangan hind konoplyasini yetishtirayotgan fuqaro ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

20-may kuni fuqaro Sunnatilla R. huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilib, uyda hind konoplyasini yetishtirayotgan amakisi  G‘ayrat Z.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. 

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar davomida, muqaddam sudlangan 50 yoshli G‘ayrat Z.ning hovlisida yetishtirilgan 11 tup hind konoplyasi, tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan o‘simlikning urug‘i va quritilgan barglari xolislar ishtirokida topilib, musodara qilindi. G‘ayrat Z.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Bektemir tumani IIO FMBga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring