Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 Bosh prokuratura Sirdaryodagi daladan topilgan murda bo‘yicha bayonot berdi

 Bosh prokuratura Sirdaryodagi daladan topilgan murda bo‘yicha bayonot berdi

Sirdaryodagi dalalardan birida 100 foiz kuyib ketgan jasad topilgani haqida xabar bergandik.

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 100 foiz kuyib ketgan jasad topilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

 Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida murdaning shaxsiga aniqlik kiritildi: marhum poytaxtning Uchtepa tumanida istiqomat qilib ketgan 47 yoshli F.P. bo‘lib chiqdi. U kirakashlik bilan shug‘ullangani aytilmoqda.

F. P.ning murdasini oyoq kiyimi, ishlatgan telefon apparati va o‘ng qo‘li  barmog‘idagi nuqsondan uning sha’riy turmush o‘rtog‘i va farzandi tanib olgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, F.P. o‘limi tanasining 100 foiz kuyishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan (bu marhum tiriklayin yoqib yuborilgani ehtimolini oshiradi — tahr.).

Hozirda Sirdaryo viloyati prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring