Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda bir chol qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi

Bo‘stonliqda bir chol qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi

Foto: «Xabar.uz»

Mastlik oqibatida qo‘shnisini pichoqlagan 60 yoshli nafaqaxo‘rga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2018-yil 18-mart kuni soat 15:45 da Bo‘stonliq tumanida yashovchi, nafaqaho‘r, 1957-yilda tug‘ilgan, A.S. uyida qo‘shnisi, 1960-yilda tug‘ilgan P.P. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast bo‘lib qolganidan so‘ng P.P.ni uyidan chiqib ketishini aytganidan kelib chiqqan janjal natijasida A.S. stol ustida turgan oshxona pichog‘ini olib, P.P.ning chap qorin qismiga bir marotaba sanchib olgan.

Tan jarohati olgan P.P. shifoxonaga yotqizilgan. Bo‘stonliq tumani shifoxonasining 2018-yil 18-mart kunidagi 2145-sonli birlamchi ma’lumotnomasiga ko‘ra, P.P.ga «chap qorin qismiga sanchilib kirgan jarohat, ichki organlar jarohatisiz kechgan gemorogik 2-darajali shok va alkogol mastlik holati» tashxisi berilgan.

Hodisa joyidan daliliy ashyo sifatida oshxona pichog‘i va doka bo‘lagiga qonga o‘xshash dog‘lar olingan.

Bo‘stonliq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring