Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda litsey o‘quvchisi do‘pposlandi

Buxoroda litsey o‘quvchisi do‘pposlandi

Foto: «ernur»

Joriy yilning 2-dekabr kuni soat 19:00da Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro F.R. B.Naqshband ko‘chasida joylashgan Buxoro Tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litsey yotoqxonasida o‘zaro janjal oqibatida vaqtincha shu yotoqxonada yashovchi, 1-kurs o‘quvchisi 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro D.N.ning qorin qismiga urib-tepib jarohat yetkazgan.

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. F.R. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring