Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegaradan qadimiy tangalarni olib chiqmoqchi bo‘ldi

Chegaradan qadimiy tangalarni olib chiqmoqchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi “Daut-ata” chegara bojxona postida bojxonachilar tomonidan ushbu post orqali respublika hududidan chiqib ketayotgan fuqaroga tegishli qo‘l yuklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 3 dona rus va 1 dona arab tangalari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring