Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chinozda ayanchli avariya sodir bo‘ldi

Chinozda ayanchli avariya sodir bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB

Bugun, 29-iyul kuni soat 09:20 larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Chinmasjid MFY hududidan o‘tgan  M39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 866-kilometrida YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi 1989-yilda tug‘ilgan Sh.R. «Lacetti» rusumli transport vositasida «Toshkent-Termiz» yo‘nalishida rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketgan.  Oqibatda qarshisidan kelayotgan 1977-yilda tug‘ilgan G‘.A. boshqaruvidagi «Cobalt» bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida «Lacetti» yo‘lovchisi, 1981-yilda tug‘ilgan O.R. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina haydovchisi 31 yoshli Sh.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring