Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiya xodimi cho‘kayotgan ayolni qutqardi, ammo...

Milliy gvardiya xodimi cho‘kayotgan ayolni qutqardi, ammo...

Foto:«Pravda vostoka»

10-fevral soat 10:00 atrofida Namangan viloyati, Uychi tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi ko‘prigida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimi A.Abdulvoxidov daryoda cho‘kayotgan ayolga ko‘zi tushib qolgan.

Xodim ayolni qutqarish maqsadida zudlik bilan o‘zini suvga tashlagan. Ayolni kuchli oqim domidan olib chiqib, qirg‘oqdagi sherigi qo‘liga topshirgan holda, uning hayotini saqlab qolgan. Ammo Abdulxodini daryoning kuchli oqimi olib ketib qolgan. Ayol esa zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qutqarilgan ayol 1994-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi N.O. bo‘lib, joniga suiqasd qilish maqsadida daryoga o‘zini tashlagan.

Milliy gvardiya matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan tegishli organ xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy gvardiya xodimi A.Abdulvoxidovning holati haqida hozirgacha hech qanday ma’lumot yo‘q. Qidiruv-qutqaruv ishlari hamon olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring