Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diqqat! 17 yoshli maktab o‘quvchisi qidirilmoqda!

Diqqat! 17 yoshli maktab o‘quvchisi qidirilmoqda!

Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Bog‘ishamol mahallasi 58-uy, 3-xonadonda yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan Fotima Hamroqulova bedarak yo‘qolgan.

Fotima Hamroqulova 2020 yilning 17 mart kuni soat 19:20da yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Uning alohida belgilari:

04.12.2003 yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 8-sonli umumta’lim maktabi 10A-sinf o‘quvchisi, muqaddam sudlanmagan.

Belgilari: Bo‘yi taxminan 155x160 sm., gavdasi to‘lachadan kelgan, yuzi yumaloq, sochi va qoshi qalin qora rangda, ko‘zi qora rangda, qulog‘i va burni o‘rtacha kattalikda.

Kiyimlari: Egnida jigarrang kuylak, kuylak ustidan oq rangli sport kiyimi, qora rangli gamaj, oyog‘ida kulrang sport poyafzali bo‘lgan.

Shu qizni ko‘rganlar, qayerda ekanini bilganlar bo‘lsa, 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring