Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubay amiri sahroda qolib ketgan turistlarni qutqardi

Dubay amiri sahroda qolib ketgan turistlarni qutqardi

Foto: Twitter / Hanna Karen Arroyo

Dubay amiri (BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri) shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum sahroda qolib ketgan turistlarga yordam berdi.

Gap shundaki, bir guruh turistlarning mashinasi sahroda qumga botib qolgan va shu yaqin atrofdan o‘tib ketayotgan amir buni ko‘rib, ularga yordam bergan. Mashinani qumdan chiqarishgan.

Foto: Twitter / Hanna Karen Arroyo

«RIA Novosti» tarqatgan xabarga ko‘ra, turistlardan biri Hanna Karen Arroyo o‘zining «Twitter»dagi sahifasida bu haqda xabar qoldirgan va amir bilan tushgan suratini e’lon qilgan.

Voqea amirlik ommaviy axborot vositalarida ham yoritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring