Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX 11 milliard so‘mga teng pulni xorijga olib ketayotganlarni ushladi

DXX 11 milliard so‘mga teng pulni xorijga olib ketayotganlarni ushladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ikki mashinisti yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida 971 ming 50 AQSh dollari, 47 ming 720 yevro, 3 mln. 424 ming 500 rossiya rubli miqdoridagi pul mablag‘larini yashirgan holda Qozog‘istonga olib o‘tmoqchi bo‘lganlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, mazkur elektrovoz «Keles» temir yo‘l bekatiga olib kelinib, qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda, mashinist o‘rindig‘i ostiga yashirib qo‘yilgan qo‘shimcha 1 ming 50 AQSh dollari ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ushbu xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi umumiy qiymati 11 mlrd. 277 mln. 447 ming so‘mni tashkil etadi.

Dastlabki surishtiruv jarayonlarida Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tish uchun mazkur valyutalarni mashinistlarga Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro berganligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davomida u ham qo‘lga olindi.

Xorijiy valyutalarni qo‘shni davlatga noqonuniy o‘tkazib berish evaziga mashinistlar 300 AQSh dollari olishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu pul mablag‘larining haqiqiy egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring